Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Z. valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko'zlab, jami 360 ming Turkmaniston manatini 100 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 59,3 ming Turkmaniston manatini 17 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.