Gurlan tumaniga hokim tayinlandi

    Mamlakatimizda 8 Avgust 2024 278

    O'razbaev Ruslan Xajibaevich Xorazm viloyatining Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

    R. O'razbaev 1979 yilda tug'ilgan, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

    Tayinlovga qadar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.