Qo'llanmada haj ziyorati odoblari, uning farz amallarini bajarish tartib-qoidalari, duolar, Saudiya Arabistonida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar, aeroport, mehmonxonalarda nimalarga e'tiborli bo'lish kerakligi kabi masalalar batafsil bayon etilganki, u barcha yoshdagi kishilar uchun qulaydir.
Shuningdek, ilovada muborak safar davomida o'qiladigan duolar audio shaklida berilgani ziyoratni mukammal ado etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga Haj ziyoratida qayerlarga borilishi, ziyoratgohlarning tarixi haqida ham ma'lumotlar berilgan.
Ilova quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
—“Haj qo'llanmasi”
— “Haj duolari”
— “Safarga tayyorgarlik”
—“Islom tarixiga oid joylar”
Shuningdek, ilovada bir qator eslatma va xizmatlar bor. Jumladan, pandemiya sharoitida Saudiya Arabistonidagi tartiblar, qaysi vaktsinalar olish zarurligi hamda ob-havo ma'lumotlari ham berib borilmoqda.
Ilovani GooglePlay hamda AppStore orqali yuklab olish mumkin. Bu haqida O'zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.