“Hazorasp” erkin-iqtisodiy zonasida yana bir loyiha

    So'ngi yillarda qishloq xo'jaligida olib borilayotgan islohotlar qisqa muddatlarda samarasini bermoqda. Bu o'z navbatida hudud uchun tamomila yangi bo'lgan zamonaviy innavatsion texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etyapti. Masalan, oxirgi ikki yilda Xorazmda juda katta hajmda zamonaviy issiqxonalar qurildi va mahsulot bera boshladi. Butun yil davomida etishtirilgan sabzavotlar ichki va tashqi bozorga uzluksiz etkazib berilyapti. Bunday tizimli mahsulot etishtirishni bog'dorchilikda ham ko'rish mumkin.

    SHu bilan birga etishtirilgan poliz, sabzavot mahsulotlari va mevalarni uzoq muddat sifatli saqlash va istalgan vaqtda, istalgan hududga huddi yangi uzilgandek holatda etkazib berish uchun saqlovchi angarlarga zaruriyat ham tug'ilyapti.

    Kuni kecha Tuproqqal'a davlat xizmatlari markazida ro'yxatdan o'tgan “Njva qreenec” korxonasi aynan angar shaklidagi zamonaviy muzlatgichlar ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Meva va poliz mahsulotlarini saqlash uchun angarlar ishlab chiqaradigan qo'shma korxona Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda bunyod etiladi. e'tiborlisi, bu korxona Amudaryo mintaqasida yagona bo'ladi.

    YAngi zavodni tashkil qilish uchun dastlab 300 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

    Zavod amaldagi yil oxirida ish boshlab, ilk mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu esa qishda yozgi va kuzgi poliz, sabzavot mahsulotlari va mevalarni saqlashda qo'l keladi.

    Ro'zimboy HASAN,

    “YAngi O'zbekiston” muxbiri.