Qonun hujjatlariga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish:
- BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Shuningdek, homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzish:
- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutildi.
Bundan tashqari, homiylik xayriyalarini yigʻish tartibi aniq belgilandi.
Unga koʻra, homiylik xayriyalarini yigʻish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini koʻzlab, oldindan eʼlon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.
Homiylik tashkilotlari tomonidan homiylik xayriyalarini naqd pul shaklida yigʻish faqat xayriya qutisi yordamida amalga oshiriladi.
Biroq bundan naqd pul shaklidagi homiylik xayriyalarini ularning bank hisobvaraqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazish hollari mustasno.
Xayriya qutisi shaffof boʻlishi va uni ochish joyi tegishli belgilangan shaxslar shaxs tomonidan imzolangan hamda muhrlangan qogʻozli plomba yoki raqamlangan plomba bilan plombalangan boʻlishi shart.