Ijod maktabiga turkiyalik mehmonlar tashrif buyurishdi

    Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mexmet Sureyya Er janoblari, elchixonaning taʼlim boʻyicha maslahatchisi Ali Eyupkoja, madaniyat ishlari boʻyicha maslahatchisi Alparslan Akinji hamda Turkiya televideniyasining bir guruh vakillari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining oʻziga xos ijodiy muhitidan bahramand boʻlishdi.

    Samimiy suhbatlar va bahru baytlar bellashuvi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

    Shuningdek, nufuzli mehmonlar muassasada oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalari, Prezidentimiz tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdodini yana-da rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan 5 ta tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha toʻgarak faoliyatlari va oʻquvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishdilar.

    Maktabda “Doʻstlik madhi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Oʻquvchilar tomonidan aytilgan oʻzbek va turk tillaridagi sheʼrlar mehmonlar tomonidan yuksak baholandi.

    Bu haqda tayyorlangan lavha Turkiya televideniyasida efirga uzatildi.

    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

    Axborot xizmati