Bu haqda Ekologiya qoʻmitasi ushbu holat yuzasidan ham maʼlumotiga tayanib, “Nasafnews” xabar bermoqda.
Mazkur holat ayni vaqtda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.
Davlat ekologiya qoʻmitasi bunday vahshiy holatlarni qatʼiy qoralaydi va albatta huquqbuzarlarni qonuniy tartibda jazoga tortilishini oʻz nazoratiga oladi, deyiladi xabarda.
Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismi j-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi turlarini nobud qilish - bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.