O'zbekiston Respublikasining 2023 yil 16 iyundagi O'RQ-847-sonli qonuniga asosan bu tartib bekor qilinib, Soliq kodeksiga o'zgartirish kiritilgan.
Soliq kodeksining 408-moddasiga ko'ra, shaxsiy tomorqasida band bo'lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog'dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug'ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a'zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat'iy nazar o'zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to'lashi mumkin.