Soʻnggi kunlarda “zangori yoqilgʻi”ning kunlik isteʼmoli 46 milliondan 72 million kub metrga oshdi;

2020-yil 22-noyabr holatiga koʻra, gaz quvurlarida meʼyoriy bosimning pastligi sababli respublika boʻyicha jami 
175 418 xonadonning tabiiy gaz bosimi meʼyordan pasayishi kuzatildi;

ushbu holatni muvofiqlashtirish uchun kecha-yu kunduz ishlovchi shtablar tashkil qilindi, 236 ta tezkor avariya-taʼmirlash guruhi shay holatga keltirilgan;

Suyultirilgan gazni ishlab chiqaruvchi zavodlaridan tashib keltirish uchun maxsus 33 ta temir yoʻl vagonlari sotib olindi, qoʻshimcha 42 ming dona maishiy gaz ballonlari foydalanish uchun tarqatildi. 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida mamlakat aholisiga 455 ming tonna miqdorda suyultirilgan gaz bilan taʼminlandi. Bu esa mos ravishda ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 ming tonnaga koʻpligini koʻrsatadi;

Sovuq kunlarda isteʼmolchilarning ehtiyojini qondirish uchun suyultirilgan gazni ishlab chiqarish zavodlaridan kunlik yetkazib berish miqdori 1400 tonnadan 2000 tonnaga oshirildi;

oʻtgan oy davomida turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish boʻyicha 185 ta holat aniqlanib, bu esa oʻz navbatida ayrim mahalla, koʻcha, tuman va shaharlarda aholini bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlashga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmasdan qolmadi;

ASKUG loyihasi doirasida butun mamlakat boʻylab 515 mingdan ziyod “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatildi va bu ham xarajatlarni bir meʼyorga keltirish hamda tabiiy gazdan maqsadsiz foydalanishlarni aniqlash imkonini bermoqda.

“Hudgazgaztaʼminot” AJ tizimidagi dispetcherlik xizmatlari tomonidan avariya-taʼmirlash guruhlarni tezkor ravishda nosozliklar yuzaga kelgan joylarga yuborilishi uchun isteʼmolchilardan 11-04, 71 200 08 04, 71 202 11 04 telefon raqamlari hamda “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi “Gaz taʼminoti muammolari va ularni hal etish yoʻllari” va “Kommunalka” va boshqa jamoat guruhlari orqali qilgan murojaatlarida aniq maʼlumotlarni taqdim etishlarini soʻraymiz.