— Ta’limdagi o‘zgarishlar ko‘pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o‘rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz, — dedi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbirni ochib berarkan. — Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.
Seminar-treninglardan ko‘zlangan maqsad umumta’lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta’lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
E’tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.