Dasblab, kompaniya tarkibidagi P P Savany University bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Viloyat rahbari janob Gadiyani gullar shahriga kelgani bilan qutlab, Gujarot uning uchun begona emasligini taʼkidladi.

- Men ham aynan Sizning shahringizda oʻqiganman. Ahmadobod bilan tarixiy bogʻlikliklarimiz bor. Gujarot Maxatma Gandini ona vatani. Uning xonadonida boʻlganman. Namanganda hamkorlikda universitet tashkil etish uchun har qanday koʻmakni beramiz. Oʻzaro oʻquv-ilmiy almashinuvlarni yoʻlga qoʻyamiz.

Kompaniya taʼlim va qishloq xoʻjaligini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritishini taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuvda kompaniya vakillar Oʻzbekistondagi taʼlim, qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida imkoniyatlarini oʻrganib investitsiya kiritishlarini bildirishdi.