OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afgʻoniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti.

Shuningdek, kombinat yangi bozorlarga ham chiqmoqda. Xususan, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga asosan mis mahsulotlari yuborilgan.

Joriy yilning 10 oyi davomida ham OKMK tomonidan mahsulotlar eksporti rejasi ham oshigʻi bilan bajarilishiga erishildi. 2022-yilning yanvar - oktyabr holatiga 829 559,1 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 119,2%ga bajarilgan.

Rux mahsulotlari eksportida hamon yuqori natijalar saqlanib turibdi. 10 oyda xorijlik importyorlarga 51319 tonna rux mahsulotlari yuborilib, reja 126,1%ga uddalangan.

Shuningdek, 648 tonna molibden, 400 tonna kadmiy, 22036 tonna qoʻrgʻoshin, konsentrati hamda palladiy kukuni eksport qilinib, rejaviy vazifa ortigʻi bilan bajarilgan. Bu haqida OKMK Axborot xizmati xabar bermoqda.