“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing.
Tanlovning bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
“Jadid” gazetasi boʻlim mudiri Shoyim Boʻtayev (1-oʻrin).
“Narodnoye slovo” gazetasi masʼul kotibi Nurlan Usmonov (2-oʻrin).
“XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov (3-oʻrin).
Tanlovning internet nashrlari yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshligʻi oʻrinbosari Ikrom Avvalboyev (1-oʻrin).
“Kun.uz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov (2-oʻrin).
“Dunyo” AA tahririyati xizmat boshligʻi Nargis Saidaliyeva (3-oʻrin).
Tanlovning radio yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
“Mahalla” radiokanali “Maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar va musiqiy dasturlar” muharririyatining boʻlim mudiri Umida Gʻafforova (1-oʻrin).
“Qoraqalpogʻiston” radiokanali “Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyati muharriri Qundыz Jumagʻaliyeva (2-oʻrin).
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova (3-oʻrin).
Tanlovning televideniye yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi muxbiri Elyor Goʻroʻgʻliyev (1-oʻrin).
“Oʻzarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” koʻrsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliyev (2-oʻrin).
“Renessans TV” telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon (3-oʻrin).