Soliq toʻlovchida soliq qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobiga quyidagi ketma-ketlikda hisobga olinishi lozim:
— mazkur soliq turining penyasi boʻyicha qarz hisobiga;
— boshqa soliqlar va ularning penyalari boʻyicha qarzni uzish hisobiga;
— soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jarimalarni toʻlash hisobiga.
Soliq kodeksiga koʻra, ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.
Soliqlarning ortiqcha toʻlangani ehtimolidan dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining yoki soliq toʻlovchining taklifiga koʻra soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha hisob-kitoblarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilishi mumkin.
Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hamda hisoblangan foizlarini hisobga olish yoki qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi.
Soliq boʻyicha qarzini qoplash hisobiga soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summani boshqa soliqlar va ularning penyalari boʻyicha qarzni uzish hisobiga soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliqning ortiqcha toʻlanganligi fakti aniqlagan kundan eʼtiboran yoki soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan u toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran yoxud sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi.