Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Qozogʻistonga 4,1 million juft, Qirgʻiz Respublikasiga 2,4 million juft, Tojikistonga 1,3 million juft va Rossiyaga 228 ming juft oyoq kiyim eksport qilgan. Shu tariqa ushbu davlatlar oyoq kiyim importyorlari sifatida asosiy xaridorlarimiz roʻyxatining yuqori qismidan joy olgan.

Oyoq kiyimlar eksporti borasida hududiy tahlillarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Andijon, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari yetakchi ekanini koʻrish mumkin. Jumladan, ushbu davrda Andijon viloyatidan qiymati 5,6 million, Samarqand viloyatidan esa 2,2 million dollarlik poyabzallar eksportga yoʻnaltirilgan boʻlsa, fargʻonalik ishlab chiqaruvchilar 2 million, xorazmliklar esa 1,3 million dollarlik mahsulotini xorijga eksport qilgan.