📊 O'zbekiston 14,1 mln. AQSH dollariga teng oyoq kiyimlari eksport  qildi

 🏢 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2021 yilning yanvar`-iyun` oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 14,1 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan oyoq kiyimlarini eksport qilgan. 

✅ Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 mln. AQSH dollariga kam.  

✅ 2021 yilning yanvar`-iyun` oylarida O'zbekiston oyoq kiyimlarini eng ko'p eksport qilgan davlatlar:
🔷 Qirg'iz R. – 8,1 mln.
🔷 Qozog'iston – 3,3 mln.
🔷 Tojikiston – 1,9 mln.
🔷 Rossiya – 335,3 ming 
🔷 Afg'oniston – 295,6 mingAQSH dollari

✅ 2021 yilning yanvar`-iyun` oylarida xorijiy davlatlarga eng ko'p oyoq kiyimlari eksport qilgan hududlar: 
🔸 Samarqand viloyati – 5,1 mln.
🔸 Andijon viloyati – 3,5 mln.
🔸 Farg'ona viloyati – 3,5 mln.
🔸 Toshkent viloyati – 590,6 ming
AQSH dollari