Unda 300 nafardan ziyod ishbilarmon ishtirok etib, biznesni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarini bildirdi.
Muloqot Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda biznes uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda toʻqimachilik, farmatsevtika, qurilish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qatnashdi. Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat tashkilotlari vakillari, tuman va shahar hokimlari ham ishtirok etdi.
Tadbirkorlar biznesni yuritish va kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, moliyalashtirish, infratuzilma, yer ajratish va boshqa masalalar boʻyicha oʻz murojaat va takliflarini bildirdi.
Murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida koʻrib chiqildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab etmaydigan masalalar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha esa aniq chora-tadbirlar, ijro muddatlari va masʼullar belgilandi.
Ochiq muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.