Quyuq tuman tufayli Urganch aeroportida - ko'rish imkoniyati 200 metr, Moskvadan AFL-1976 qatnovini bajarayotgan  samolyot soat 03:25da Sheremetevo aeroportidan ucha olmadi.

Huddi shunday holat yana ikkita qatnov: soat 04:35dagi SBI6481 Samara - Urganch qatnovi soat 03:30dagi SVR2473 qatnovi Sankt-Peterburgdan uchib keta olmadilar. Ayni damda samolyotlar ob-havo sharoti yaxshilangunga qadar Urganch uchish aeroportida qolmoqdalar.

Shiningdek, ko'rish masofasi 200 metr bo'lgan quyuq tuman Nukus aeroporti faoliyatini ham chekladi. HY15/16 va HY11/12 qatnovlari Toshkent aeroportida uchishni kutishmoqda. Soat 11:30da Nukus-Aktau yo'nalishi bo'yicha uchishni amalga oshirishi kerak bo'lgan  HY9727/9728 qatnovi parvozining chegaralanishi ham mustasno emas.