Mevalar ichida limonning oʼz oʼrni bor. U oʼzida flavonoid moddasini saqlaydi. Flavonoid – viruslar, allergen va kontsergenlarga qarshi kurashuvchi yagona biologik modifikator hisoblanadi. Limon qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib, soch toʼkilishini oldini oladi. Jigar va oʼt qopini yaxshi ishlashiga yordam beradi. Virusli va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda toʼlaqonli leykotsitlarni shakllanishiga koʼmaklashadi.
Mamlakatimizda limon yetishtirish yoʼlga qoʼyilgan. Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2021-yilning 10 oyida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,8 mln. AQSh dollariga teng boʼlgan 3,7 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga kamaygan.
Oʼzbekiston eng koʼp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,2 ming tonna
Qozogʼiston – 1,2 ming tonna
Qirgʼiz R. – 380 tonna
Ukraina – 2,4 tonna
Аfgʼoniston – 2,2 tonna
Xorijga eng koʼp limon eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 1,2 ming tonna
Fargʼona viloyati – 984 tonna
Namangan viloyati – 249 tonna
Buxoro viloyati – 210 tonna