Joriy yilning  23 yanvar` kuni, O'zbekiston Badiiy akademiyasining barcha zamonaviy standartlarga mos ravishda jihozlangan yangi “Akademiya” galereyasi o'z faoliyatini boshladi va  mo'yqalam ustalarining “Fikrlar parvozi” deb nomlangan hisobot ko'rgazmasi ham namoyish etildi.  Ushbu tantanali tadbirlar,  mustaqilligimizning 30 yilligi hamda O'zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilganining 24 yilligiga bag'ishlandi.

-Ko'rgazmada namoyish etilayotgan rassomlarimizning asarlari O'zbekiston tasviriy san'atining oltin merosi hisoblanadi. YUqori malakaga ega bo'lgan, iqtidolir usta ijodkorlarimiz o'z ijodxonalarida, plenerlarda samarali ijod qilmoqdalar. SHu bilan birga,  ta'lim muassasalarida faoliyat olib borib o'z ijodiy tajribalarini yosh avlodga, barcha ko'ngillilarga mahorat darslari orqali etkazishni ham unutganlari yo'q, – deydi O'zbekiston badiiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov. – Bu yangi bino ezgulik va yaxshilik yo'lida xalqimizga xizmat qilish bilan birga ijodkorlarimizning ijodiy jarayonlarida, ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishlarida ularga rag'bat bag'ishlovchi  nurli va istiqbolli qadam bo'ladi.

  “Fikrlar parvozi” hisobot ko'rgazmasi ham nafaqat Badiiy akademiya yangi galereyasining bezagi, balki mamlakatimiz madaniy hayotida muhim voqeaga aylandi. O'zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a'zolarining hisobot ko'rgazmalarini o'tkazish chiroyli an'anaga aylanib bormoqda.       Ko'rgazmada namoyish etilayotgan rassomlarimizning asarlari O'zbekiston tasviriy san'atining oltin merosi hisoblanadi.

   Ko'rgazmada taqdim etilayotgan akademiklarning ijodi tasviriy san'atning turli janrlarida bo'lib stilistik rang-barangligi bilan ajralib turadi. Rantasvir, grafika, miniatyura, haykaltaroshlik, foto va amaliy bezak san'atining ustalari o'z asarlari orqali asl san'atdan bahramand bo'lish hamda buyuk ustozlardan saboq olishdek noyob imkoniyat yaratib tomoshabinlarni mamnun etmoqdalar.

  “Fikrlar parvozi” hisobot ko'rgazmasi nafaqat O'zbekiston Badiiy akademiyasi yangi galereyasining bezagi, balki mamlakatimiz madaniy hayotida muhim voqeaga aylandi.

Gulichehra DURDIEVA