Suhbat chogʻida xalqaro yuk tashish, tranzit, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, «Osiyo – Markaziy Osiyo – Yevropa» yoʻnalishida yangi transport yoʻlaklaridan foydalanish boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Yaponiya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini Markaziy Osiyo bilan bogʻlaydigan yangi muqobil transport yoʻlaklarini oʻrganish va tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, mamlakatimiz transport parkini modernizatsiyalash, xalqaro yuk tashish jarayonlarini raqamlashtirish va respublikada yangi logistika markazlarini yaratishga Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari sarmoyalarini jalb etish istiqbollari muhokama etildi.
Takafumi Nakay ikki tomonlama investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sheriklikning barqaror oʻsishini koʻzlab ikki davlatning oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlash boʻyicha yangi amaliy takliflarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini taʼkidladi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.