Bu Prezidentning “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga koʻra,

Akademiya qishloq xoʻjaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yoʻnalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi, yer munosabatlari bilan bogʻliq islohotlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:

  • yosh akademik;
  • Akademiya professori;
  • Akademiyaning muxbir aʼzosi;
  • Akademiyaning haqiqiy aʼzosi (akademik);
  • Akademiyaning xorijiy aʼzolari.