Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning yanvar`-iyun` oylarida O'zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

 Bu yil mamlakatimizda etishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo'lib, eksport hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

 2022 yilning 6 oyida O'zbekiston eng  ko'p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

 Qozog'iston – 39,2 ming tonna

 Rossiya – 15,1 ming tonna 

 Qirg'iz R. – 11,1 ming tonna 

 Belarus` – 1,1 ming tonna

 Tojikiston – 624 tonna

 Latviya – 448 tonna

 Mongoliya – 157 tonna

 Ukraina – 43 tonna

 Pol`sha – 19,4 tonna