Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning yanvar`-iyun` oylarida O'zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda etishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo'lib, eksport hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 6 oyida O'zbekiston eng ko'p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozog'iston – 39,2 ming tonna
Rossiya – 15,1 ming tonna
Qirg'iz R. – 11,1 ming tonna
Belarus` – 1,1 ming tonna
Tojikiston – 624 tonna
Latviya – 448 tonna
Mongoliya – 157 tonna
Ukraina – 43 tonna
Pol`sha – 19,4 tonna