Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2021-2022-yillarda raislik qiladi

    Hukumat 17 Sentabr 2021 7376

    Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022-yillarda raislik qilish Oʻzbekistonga oʻtishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning ShHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi. Bular:

    - SHHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;

    - Ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

    - Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvchi markazlarni tuzish;

    - SHHTning Transport bogʻliqligi strategiyasini qabul qilish;

    - SHHT makonida infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

    - kambagʻallikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish;

    - SHHTning xalqaro axborot xavfsizligi boʻyicha ekspertlar forumini taʼsis qilish;

    - SHHTning Ezgu niyat elchisini institutini joriy qilish;

    - turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish;

    - yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilish.

    Oʻzbekiston raisligi davrida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlarimiz bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbir oʻtkazish rejalashtirilgan.