Forumda Turkiya tomonidan Oliy taʼlim kengashi rahbariyati va ushbu mamlakatning 40 dan ziyod yetakchi universitetlari rektorlari, Oʻzbekiston tomonidan esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi rahbariyati hamda 40 dan ziyod nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Anjumanda muhandislik-texnika taʼlim yoʻnalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish boʻyicha ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston-Turkiya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022-yil 9-10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari boʻyicha, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.