Akbar Toshqulov, adliya vaziri oʻrinbosari:
— Adliya organlari tomonidan 2016—2020-yillarda mulk huquqiga oid muammolar oʻrganiilib tahlil qilinganda, mulkdorlari xabardor etilmasdan 846 holatda koʻchmas mulk obyektlari buzilganligi aniqlandi. Qarorga koʻra mulkdor 6 oy avval xabardor etilishi kerak edi. Lekin umuman xabardor qilinmasdan bir-ikki kun qolganda kelib obyektlar buzilish holatlari kuzatilgan.
1 388 ta holatda mulkdorlarni xabardor qilish muddatiga rioya qilinmagan. 1 244 ta holatda koʻchmas mulk obyektlari baholanmagan holda buzib yuborilgan.