Oʻzbekistonga asosan qaysi mahsulotlar import qilinmoqda?

    2025-yil yanvar sentyabr oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 33,1 mlrd AQSH dollariga yetgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga oʻsgan.

    Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,9 foiz), sanoat tovarlari (15,9 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (12,3 foiz) hisobiga toʻgʻri keladi.

    Import tarkibi quyidagicha:

    • Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 %)
    • Sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 %)
    • Kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 %)
    • Xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 %)
    • Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 %)
    • Mineral yoqilgʻi, moylash materiallari va shunga oʻxshash — 2,6 mlrd dollar (7,9 %)
    • Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 %)
    • Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilgʻidan tashqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 %)
    • Hayvon va oʻsimliklar moylari (yogʻlari), yogʻlar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 %)
    • Ichimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 %)
    • Boshqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 %)