Özbekistonning Vengriyadagi elçisi Oybek Şaxavdinov Vengriya Soğliqni saqlaş vazirligining parlament davlat kotibi Tamaş Şved bilan uçraşdi.
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muloqotda ikki davlat örtasida soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, Vengriyaning yangi hukumati bilan konstruktiv muloqot örnatiş va strategik şeriklikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda Vengriya tomoni 2027-yilning birinçi çoragida Özbekistonga mutaxassislar guruhini yuborib, tez tibbiy yordam xizmati hamda oilaviy poliklinikalar faoliyati bilan tanişişga qiziqiş bildirdi.
Şuningdek, soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş maqsadida Hukumatlararo bitim loyihasini işlab çiqiş va uni 2027-yildagi yuqori darajadagi taşriflar doirasida imzolaş imkoniyati körib çiqildi.
Vengriya tibbiyot muassasalarida Özbekistondan 5 nafar bemorni, asosan ayollar va bolalarni, bepul davolaş böyiça pilot loyihani amalga oşiriş ham taklif etildi.
Kadrlar masalasida hamkorlik qiliş istiqbollari ham muhokama qilindi. Vengriya tomoni özbekistonlik hamşiralar va örta tibbiy personal vakillarini işga jalb qiliş imkoniyatlariga qiziqiş bildirdi. Bu borada Özbekistonning tibbiyot xodimlarini Yevropa mamlakatlarida işga joylaştiriş tajribasi yuzasidan maʼlumot almaşişga kelişildi.
Erişilgan kelişuvlarni amaliy bosqiçga ötkaziş maqsadida Tamaş Şved 2027-yil yanvar oyida Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati bilan muzokaralar ötkazişga tayyorligini bildirdi.