ParaOsiyo o‘yinlari: kun oltin bilan boshlandi

    Sport 26 Oktabr 2023 1051

    Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida final bellashuvlari yakunlandi. E'tiborlisi, unda ishtirok etgan ikki nafar hamyurtimiz ham shohsupaning yuqori pog‘onalaridan joy oldi.

    Jumladan, Kiril Pankov oltin, Muzaffar Tursunxo‘jayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

    Para velosportning erkaklar o'rtasida 19 km masofaga o'tkazilgan shosse poygalarida hamyurtimiz Boymurod Yavqochev bronza medalni qo'lga kiritdi.

    Para engil atletikaning erkaklar o'rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Bobur Omonov 13.14 metr natija bilan Para Osiyo o'yinlari rekordini o'rnatdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.