Qayd etilishicha, unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 23 ta medal qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallagan terma jamoamiz aʼzolari yurtimizga qaytib keldi.
Quvonarlisi shuki, Milliy terma jamoamiz safidagi Qashqadarqadaryolik paravelosportchi Gʻolibbek Mirzayorov chempionat bahslarida 4ta oltin, bitta kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Tantanali kutib olish marosimida Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati, OAV xodimlari, sportchilarning oila aʼzolari ishtirok etdi.