Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga choʻkib ketdi

    Tashvishli xabar 26 May 2023 2194

    FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.

    25-may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga choʻmilish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida choʻkib ketgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.

    Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

    Hozirda marhumning oʻlimi boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

    Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.