Kecha, 16 oktyabr kuni A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 223 kmda “Vodiy-Toshkent” yo'nalishida harakatlangan, ISUZU rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo'l o'rtasidagi temir to'siqqa urilganligi sababli yo'lning qarama-qarshi yo'nalishi orqali pastki jarlikka tushib ketgan.
Voqea joyiga, FVVning "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong'in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, jarlikka tushgan yuk mashinasini maxsus texnikalar yordamida chiqarib olgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan ISUZU haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilib, Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.