Rossiya va Qozogʻistondan Qarshi shahriga Rossiya va Qozogʻistondan parvozlar davom etyapti

    Transport 20 Oktabr 2020 950

    Azur Air va Ural airlines aviakompaniyalarining Boeing 757, 767 va Airbus 321 neo samolyotlarida amalga oshirilgan charter reyslarda Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan Qarshi shahriga jami 1 292 fuqarolarimiz sogʻ-omon yetib kelishdi.

    Belgilangan tartib qoidaga binoan fuqarolarimizdan 14 kun uy yoki mehmonxonalarda yakkalanishi va buning ijrosini taʼminlash maqsadida majburiyatni toʻldirishi tushuntirib oʻtildi.

    Shuningdek Chimkent shahridan uchib kelgan doimiy hamkorimiz SCAT Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 havo kemasiga sifatli xizmat koʻrsatildi. Ushbu reys orqali uchib kelgan 114 nafar Qozogʻistonlik mutaxassislar kutib olindi.

    Bugun Qarshi xalqaro aeroportiga SKY KG Airlines kompaniyasiga tegishli boʻlgan laboratoriya havo kemasi kelib qoʻndi.

    Mazkur parvoz havo kemalarining uchib-qoʻnishidagi, yerdagi infratuzilma, parvozlar xavfsizligi, shuningdek va radio-texnik uskunalarni tekshiruvini amalga oshiradi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati.