Jumladan, «Kinokarvon» jamoasining xalq bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlari, yangi fil`mlar prem`eralari bo'lib o'tdi. Tadbirlar doirasida «Tengiz», «Tanka», “Amu sohili kuychisi. Berdaq”, “El farzandi”, «Talvasa», “Muhabbat bahori”, “Ayol qalbi”, «101-reys», «Meros», “Puling bo'lsa” va “Vatan ostonasida” kabi 15 dan ortiq badiiy va hujjatli fil`mlarning namoyishlari o'tkazildi.

Shuningdek, tadbirlarda O'zbekiston xalq artistlari Muhammadsoli Yusupov, Dilorom Karimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Abduxalil Mignorov, Matyoqub Matchonov, Fotima Rejemetova, Anvar Azimov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimlari egamberdi Rahimov, Hilol Nasimov, xalq sevgan aktyorlar Zuxriddin Rejemetov, SHavkat Komilov, Dilshodbek Kattabekov, Husan Musaboev, Otabek Haqberdiev, Ma'ruf Otajonov kabi yigirmadan ortiq kinoijodkorlar jalb etildi.

Uchrashuvlarda aholiga yurtimizda yangi O'zbekistonni bunyod etish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli shakllarda etkazishga ham alohida e'tibor qaratildi.

Bundan tashqari Agentlik tomonidan so'nggi yillarda suratga olinggan 30 ta badiiy, 30 ta hujjatli va 30 ta animatsion fil`mlar Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat va nodavlat televideniyalariga tuhfa sifatida taqdim etildi.

Barcha tadbirlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati