Mazkur hududda 7 ta 5 qavatdan iborat uy-joy qurgan “Koson Sanoat Montaj” MCHJ jami 140 ta xonadonning 15 tasini kam taʼminlangan oilalarga sovgʻa qildi.
Yangi uy egalari saxovatpesha insonlardan mamnun. Firma rahbari ham bu qilgan yaxshiligini Prezidentimizni tadbirkorlarga yaratib berayotgan imtiyoz va sharoitlariga javob ekanini, kelajakda yana shunday saxovat tadbirlarini tashkil etishdan toʻxtamasligini bildirdi.
Bu haqida Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.