Bu talab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrda qabul qilingan ““Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni belgilandi.

Farmonga koʻra, maxsus komissiya Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruvni amalga oshiradi:

  • umumiy maydonining 25 foizi koʻkalamzorlashtirilgani;
  • suv purkagichlar oʻrnatilgani;
  • kirish-chiqish yoʻlaklarida avtotransportlar gʻildiraklarini yuvish hovuzlarining barpo etilgani.

qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transportlarning brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanishi.

Shuningdek, shaxslar oʻzlari egalik qilib turgan yer maydoni hududidagi dov-daraxtlarni sugʻorish maqsadida ichimlik suvidan foydalanish vaqtiga qoʻyilgan cheklov (soat 00:00 dan boshlab, 05-00 gacha) bahor va yoz fasllarida bekor qilinadi. Bunda:

  • ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish boʻyicha cheklov oʻz kuchida qoladi;
  • koʻp kvartirali uylarga sugʻorish uchun suv rezervuarlarini oʻrnatish choralari koʻriladi.