Bugun Urganch shahrida joylashgan Al-Beruniy koʻchasidan Olimpiya zaxiralari kollejigacha boʻlgan 3 km masofada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston triatlon va yengil atletika federatsiyalari, Xorazm viloyati hokimligi hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Yangi nafas” sport va ijtimoiy harakati doirasida “Save Aral” yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Marafonning Urganch shahar bosqichida 2003-2004-yillarda tugʻilgan va undan katta yoshdagi oʻgʻil-qizlar hamda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholi vakillari hamda harbiylar ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan “Save Aral” yugurish marafonida gʻolib va sovrindorlar quyidagicha koʻrinish oldi:

2003-2004-yillarda tugʻilgan yoshlar

Oʻsmirlar:

1. Islomjon Ismoilov

2. Javohir Mamatqulov

3. Firdavs Axmatjonov

Qizlar:

1. Shohida Saidova

2. Arofat Imomaliyeva

3. Madinabonu Toʻlyonova

Katta yoshdagi sportchilar oʻrtasida

Erkaklar:

1. Abdulaziz Tillayev

2. Baxtiyor Rustamov

3. Jahongir Eshomqulov

Ayollar:

1. Gulruh Odilova

2. Nilufar Madaminova

3. Oygul Inomjonova

“Eng yoshi katta ishtirokchi” nominatsiyasida:

Marat Qosimov.

“Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasida:

Nurali Sharipov

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar, shuningdek faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.