AsiaStar rusumli 20 dona zamonaviy avtobuslar “Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” avtobus yoʻnalishida faoliyatini boshladi.
“Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” avtobus yoʻnalishning umumiy masofasi 15,7 km ni tashkil etadi. Yoʻnalishdagi avtobuslar kuniga 20 ming nafar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega.
Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.









