Prezident Mun Chje In va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan sammit oʻtkazadi.

Davlat rahbari 16-dekabr kuni uch kunlik davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga boradi. 17-dekabrda sammit boʻlib oʻtadi.

2022-yilda Janubiy Koreya va Oʻzbekiston diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligi nishonlanadi. Sammitda ikki xalq oʻrtasidagi “kelajakka yoʻnaltirilgan va oʻzaro manfaatli” hamkorlikni chuqurlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinishi kutilmoqda.