Vazir Sherzod Shermatovning maʼlum qilishicha, 2026-yil 27–30-yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar boʻlgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning maʼlumotlari tarqalgan.
Rasmiylarga koʻra, kiberxujumni bartaraf qilish maqsadida tezkorlik bilan axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek quyilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuchaytirilgan.
Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilib, shaxsiy matlumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yaratilgan.
Tadbirda aytilishicha, “shaxsiy maʼlumot sizib chiqishi” degani – bu fuqaroning shaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-sharifi, tugʻilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi maʼlumotlardan biri qoʻlga kiritilgan boʻlishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, firibgar bu maʼlumotlarni qoʻlga kiritgani bilan, fuqaroning shaxsiy ishtirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oshirolmaydi. Shu sababdan ular turli usullar bilan qolgan maʼlumotlar toʻplamini koʻlga kiritish uchun navbatdagi xurujni amala oshiradi.