Sud tizimida «yagona darcha» tamoyili haqida eshitganmisiz?

    Bilasizmi? 10 Sentabr 2023 2455

    Barcha turdagi arizalar sudga taalluqliligidan qat'i nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish tizimi joriy qilinganidan xabaringiz bormi?

    Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini himoya qilishda ma'muriy sudlarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida tegishli qonun qabul qilingan.

    Ilgari arizalar sudlarga taaluqli bo'lsagina, qabul qilinardi. endi barcha turdagi arizalar qabul qilinishi lozim.

    Bordi-yu, qabul qilingan ariza mazkur sud faoliyatiga taalluqli bo'lmasa, tegishli bo'g'im sudlariga yuboriladi. Bundan tashqari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq qarorlari ustidan ma'muriy sudga ariza berilganda, davlat bojini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to'lash imkoniyati mavjud.