Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
"2024-yilgi 2-mavsum doirasida gʻolib boʻlgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran gʻolib deb topildi. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi", — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bogʻcha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida oʻz loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.
Tanaffus beriladigan mahallalarning toʻliq roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: Roʻyxat.









