Mavsum doirasida fuqarolar o‘z hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalarni quyidagi muddatlarda taqdim etishi mumkin:
- 15 iyul – 3 avgust — loyihalarni qabul qilish;
- 4–18 avgust — loyihalarni saralash;
- 19–21 avgust — targ‘ibot bosqichi;
- 22–31 avgust — ovoz berish bosqichi;
- 1–10 sentyabr — qo‘shimcha g‘olib loyihalarni e’lon qilish.
Ma’lum qilinishicha, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalar 1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Fuqarolar jarayonda faol ishtirok etishga, mahallasi rivoji uchun dolzarb tashabbuslar bilan qatnashishga chaqirildi.