Ushbu ommaviy sport tadbirida nafaqat yurtimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan mohir polvonlar, balki qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlaridan ham koʻplab mahoratli chavandozlar ishtirok etishdi.
Umumiy 30 marradan iborat ushbu musobaqada eng chaqqon, epchil va kuchli chavandozlar qimmatbaho sovrinlar hamda pul mukofotlariga ega boʻlishdi.

Uloq-koʻpkari musobaqasida Samarqand viloyati hokimligi tomonidan qoʻyilgan bosh sovrin – “Cobalt” avtomobili uchun kechgan bellashuvlar ham oʻta murosasiz kechdi. Yakunda payariqlik mohir chavandoz, muxlislar orasida “Tayson” laqabi bilan tanilgan Ixtiyor polvon Tolipov uloqni belgilangan marraga olib kelib tashladi va bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.


Kecha Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Qoraqasmoq otchoparida “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan uloq-koʻpkari boʻyicha viloyat musobaqasi oʻtkazildi.