Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo'linmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi X.A. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.A., Z.Z. bilan ma'lum vaqt ishqiy munosabatda bo'lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini telegram messenjeri orqali qo'lga kiritib, tarqatib yuborganligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 141/3-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.