Bosh konsullik ma'lumotlariga ko'ra, «Mehr» jamg'armasi ko'magida pandemiya davrida Rossiyaning Uzoq SHarq federal okrugida bo'lib turgan 15 nafar vatandoshimizga moliyaviy yordam ko'rsatilgan, 50 dan ortiq kishi ishga joylashtirilgan, 9 kishi esa Xabarovsk va Vladivostokda bepul turar joy bilan ta'minlangan.
Bundan tashqari koronavirus bilan kasallangan fuqarolar davolanayotgan shifoxona xodimlari va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Primor`e o'lkasidagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazida bo'lib turgan 30 nafar O'zbekiston fuqarosi uchun Bosh konsulxona xodimlarining shaxsiy mablag'lari hisobidan osh tayyorlanib, xayriya tariqasida tarqatildi.
Og'ir moliyaviy ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish doirasida muborak Ramazon oyi mobaynida har kuni Xabarovsk o'lkasidagi vatandosh - xususiy tadbirkorlar ko'magida xayriya aktsiyalari o'tkazildi, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bunday tadbirlar Primor`e o'lkasi, Janubiy Saxalin va Blagoveshensk shaharlarida ham o'tkazildi.