V.Norov Elchining lavozimiga tayinlangani munosabati bilan ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, unga yuksak va masʼuliyatli lavozimida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Vetnam munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Tomonlar siyosiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga tayyor ekani tasdiqlandi.
Uchrashuv doʻstona va oʻzaro ishonch ruhida oʻtgani qayd etilib, birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonch bildirildi.