Forum doirasida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi Cambridge Assessment DC10 tashkilotida boʻlishdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Cambridge Assessment International Education  tashkiloti tomonidan dunyoning 170 ga yaqin davlatida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlar, xususan  A/AS-level, IGCSE  imtihonlarining tashkil etilishi, imtihon materiallarining qanday chop etilishi va saqlanishi, mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga qanday yetkazilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

 Prezident taʼlim muassasalari agentligi xalqaro imtihonlarni tashkil etishda Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlik olib boradi.