Bu haqda Oʻzbekiston axborot agentligi maʼlum qildi.
— Endilikda birlamchi va ikkilamchi bozor uchun ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun kam foizli kreditlar beriladi.
Mablagʻning foiz stavkasi tijorat banklarining ichki ipoteka kredit siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning qayta moliyalashtirish yoʻnalishi birlamchi yoki ikkilamchi bozordan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga qaratilgan. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirgan, — deya javob berdi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi Akbarjon Nigmatov.